22:11 / 07.01.2021
2 863

Uchquduq va Zarafshonda ham yangi binolar foydalanishga topshirildi

Uchquduq va Zarafshonda ham yangi binolar foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining Navoiy viloyati Uchquduq tumani va Zarafshon shahrida joylashgan harbiy qismlarida ham shaxsiy tarkib uchun zamon talablari asosida kapital ta’mirlangan yangi binolar foydalanishga topshirildi.

Uchquduqdagi harbiy qismda barcha zarur jihozlar bilan ta’minlangan avtopark, askarlar oshxonasi va hammomi shaxsiy tarkib uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilsa, Zarafshondagi bo‘linmada kapital ta’mirlangan shtab binosi, o‘quv binosi va oshxona yurt himoyachilarining jangovar xizmat faoliyatini yanada oshirishi shubhasiz.

Yangi binolarning ochilish marosimida qo‘shinlar qo‘mondoni polkovnik Jur’at Yakubov, viloyat, shahar va tuman hokimliklari vakillari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etib, harbiy xizmatchilarga berilayotgan bunday e’tibor ularni yanada ruhlantirib, yangi-yangi marralar sari undashini ta’kidladilar. Shu kuni harbiy qismlarga xizmat avtomobillari ham topshirilib, bir guruh harbiy xizmatchilar Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchquduq va Zarafshonda ham yangi binolar foydalanishga topshirildi