21 yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev Buxoro safarini boshladi. Olot tumanida viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari asosiy e’tiborni ishsizlikni bartaraf etishga qaratdi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz xabariga ko‘ra, yig‘ilish davomida davlat rahbari yangi qaror ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
“Barcha kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi. O‘zi kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas. Sababi, vazir Nozim Husanov kollejlarga aniq buyurtmalar shakllantirib beradi. Kollejlar esa har bir hududlarga zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlaydi.
Masalan, hozirgi kunda payvandchilarga talab katta. Ana shunday kasbni kollejlar tizimida o‘rgatib, sertifikat ham beriladi. Hunar o‘rgangandan keyin chet elga borsa ham ishi yurishaveradi. Bundan tashqari, avtomobillar ta’mirlovchi, sartarosh, etikdo‘z kabi o‘nlab hunarlar bor. Mana, ishsizlik, temir daftarni tugatish bo‘yicha aniq reja.
Monomarkazlarni, mahallalarni shu kollejlarga biriktiringlar. Bu masalani atroflicha o‘rganib, qaror tayyorlanglar”, – deya mutasaddilarga topshiriq berdi prezident. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

2019 yil boshidan buyon 173 ming fuqaro xorijga vaqtincha ishlash uchun rasman yuborilgan

Sherzod Qudbiyev: "Mehnat bozoridagi eng katta muammo - sifatsiz ta’lim tizimi"

Prezident kollejlar quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganini tanqid qildi

Endi kollejlarda o‘qish pullik bo‘ladi

11 yillik ta’lim tiklanishi tufayli bo‘shaydigan kollejlar Yoshlar ittifoqiga beriladi

11 yillik ta’limga o‘tish munosabati bilan bo‘shagan kollejlar o‘rnida nima tashkil etiladi?