2 216
Farg‘onada Damas haydovchilari va taksichilar o‘rtasidagi mushtlashuv bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Kadr: Telegram
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi 12 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Farg‘onada Damas haydovchilari va taksichilar urishib ketdi» sarlavhali videolavha yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Farg‘ona shahrida bir guruh fuqarolarning o‘zaro janjallashayotgani tasvirlangan.
— Shukhrat (@bankir2102) February 13, 2021
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov ishlari boshlangan.
«Mazkur jinoyat ishi doirasida fuqaro I.Sh. protsessual tartibda ushlangan bo‘lib, hozirda qolgan ishtirokchilarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tergov harakatlari davomida ishga aloqador bo‘lgan barcha shaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi. Holat viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Tergov harakatlari yakuniga ko‘ra, qo‘shimcha xabar berilishi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Jahongir Otajonov “Kachayte” atrofidagi tanqidlar va Ozoda bilan munosabati haqida gapirdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi