Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2021 yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi hamda loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
2021 yil 1 apreldan:
➖ aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
➖ kredit olishda talabgorlarga “Agrobank” ATB, AT Xalq banki va “Mikrokreditbank” ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish bo‘yicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
➖ kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi tashkilot tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan so‘ng, kredit mablag‘lari ta’minotchiga ajratib beriladi;
➖ o‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln so‘mgacha miqdorida kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin;
➖ “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari zimmasiga yuklatiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun 1,3 trln so‘m miqdoridagi mablag‘ni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan “Agrobank” ATBga – 700 mlrd so‘m, “Mikrokreditbank” ATBga – 400 mlrd so‘m va AT Xalq bankiga – 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda 2021 yilda avia va temir yo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi

Shifokorlar yangi yil sovg‘alari orqali COVID-19 yuqtirib olish mumkinligidan ogohlantirdi

Xorazmda «zagranpasport» olish uchun katta navbatlar Rossiyaga aviaqatnovlar tiklangani haqidagi mish-mishlar ortidan yuzaga kelgan

O‘zbekistonda 1-sinf uchun qariyb 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi

Bankning 1,46 mlrd so‘m kreditini naqdlashtirib, Malibu sotib olgan tadbirkorga qarshi ish ochildi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga hozirgacha 300 mingdan ortiq abiturientlar hujjat topshirdi