Namanganda “zapravka”dagi portlash bir inson hayotini oldi

1 daqiqa o'qish420
Namanganda “zapravka”dagi portlash bir inson hayotini oldi

Namangan viloyatida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash bir insonning hayotiga zomin bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat FVB.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia 25 oktyabr kuni soat 18:47 da Chust tumani “Birlik” mahallasida sodir bo‘lgan. Faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan yonilg‘i quyish shoxobchasida 10 tonnali yonilg‘i saqlash sisternasini boshqa joyga ko‘chirish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, ish jarayonida yong‘in xavfsizligi talablari buzilgan va natijada chaqnash sodir bo‘lgan.

Payvandlash ishlarini bajarayotgan ishchi olingan jarohatlar sabab voqea joyida halok bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar xizmati uchta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi bilan voqea joyiga yetgan va yong‘in tarqalishining oldi o‘z vaqtida olingan.

Hozirda portlashning aniq sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?