21:35 / 29.03.2021
3 910

Toshkentdagi ijara uyda vafot etgan besh talabaning o‘limi sababi ochiqlandi

Toshkentdagi ijara uyda vafot etgan besh talabaning o‘limi sababi ochiqlandi
Foto:«Xabar.uz»
Shu yilning 27 fevral kuni Toshkentda besh talabaning jasadi ijara uyidan noma’lum moddadan zaharlanish alomatlari bilan topilgandi. Ammo talabalarning aynan nimadan zaharlangani ochiq qolib kelayotgandi. «Daryo» nashri Bosh prokuratura matbuot xizmatiga mazkur masala yuzasidan murojaat qilgan.

Bosh prokuratura axborotida ta’kidlanishicha, voqea joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlari Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik xizmati tomonidan tekshirishdan o‘tkazilgan. Xonadon egasi G.M., vafot etganlar bilan birga ijarada yashagan N.A., «Bunyodkor-dudbo‘ron xavfsizligi» kompaniyasining dudbo‘ronlar pechka ustasi Z.X. batafsil so‘roq qilingan.

«Shuningdek, 26 fevral kuni soat 22:00 dan 27 fevral kuni soat 09:00 oralig‘ida Injobod ko‘chasidagi uyga qanday kuchlanishda tabiiy gaz yuborilgani va odatiy kunda tabiiy gaz kuchlanishining miqdori haqida ‘Hududgazpoytaxt’dan hamda Gidrometeorologik xizmatidan shu vaqt oralig‘ida bo‘lgan ob-havo ma’lumotlari olindi», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, beshala yigitning bari «is gazidan o‘tkir zaharlanish natijasidagi o‘tkir nafas va yurak qon-tomirlari yetishmovchiligi» oqibatida vafot etgan. Bu Respublika sud tibbiyot ekpertiza ilmiy-amaliy markazining 15 martdagi yakuniy xulosalari bilan tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, voqea yuzasidan nashrimizda «Besh talaba. Besh ona. Besh musibat. Tinchlik zamonida o‘lishga haqqing yo‘q edi, bolam!» nomli material e’lon qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi ijara uyda vafot etgan besh talabaning o‘limi sababi ochiqlandi