22:28 / 21.04.2021
2 389

Yunusobodda 82-avtobus va Nexia-3 to‘qnashdi (video)


Toshkent shahar Yunusobod tumanida 82-sonli yo‘nalish avtobusi va Nexia-3 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuzaga keldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilning 21 aprel kuni soat 14:00 larda, Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida haydovchi Z.S. boshqaruvidagi, 82-yo‘nalishda harakatlanuvchi, yo‘lovchi tashuvchi Mercedes-Benz rusumli avtobus va haydovchi M.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Avtobus haydovchisi va yo‘lovchisi o‘rtasida o‘zaro nizoli vaziyat sabab birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilishi yuzasidan shifoxonaga murojaat qilingan.

Mazkur YTH yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yunusobodda 82-avtobus va Nexia-3 to‘qnashdi (video)