18:45 / 09.06.2021
3 719

43 yoshli erkakni 4 oydan beri «shilib» kelgan ayol ushlandi


Foto: Videolavhadan skrinshot
Jizzaxlik ayol internetda tanishgan erkakni ishqiy yozishmalarni oshkor etish bilan qo‘rqitib, «shantaj» qilgan. Bu haqda Zamon informatsion dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, andijonlik 43 yoshli erkak joriy yilning mart oyida noma’lum ayol bilan Telegram va Facebook orqali tanishib qoladi.

Keyinchalik ayol ishqiy mazmundagi yozishmalarni saqlab yurgani va uni tarqatish bilan tahdid qilib, erkakdan 4 oy davomida jami 6 mln so‘m undirishga erishadi.

Ammo ayol bu bilan to‘xtamaydi. Yana 600 AQSH talab qilganida erkak Jizzax viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Jizzax shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol 300 AQSH dollari va 3 mln so‘mni olgan vaqtda qo‘lga olinadi.  
Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 43 yoshli erkakni 4 oydan beri «shilib» kelgan ayol ushlandi