17:43 / 21.06.2021
2 160

MIB Andijon viloyat boshqarmasi: ijro harakatlari to‘xtatilgan


Joriy yilning 20 iyun kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan “Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi  buzilib choyxonaga aylantirilayotgan uy” nomli videoxabar yuzasidan Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi. 

Aniqlanishicha, Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi ish yurituviga 23.04.2021 yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 17.03.2021 yildagi da’vogar Baliqchi tuman hokimligi manfaati yuzasidan javobgar B.Abdurazakovaning hisobidan Baliqchi tumani, A’lam MFY hududida joylashgan nizodagi 1.690 kv.metr yer maydonida qurilgan ayvon (bir qismi) 62,51 kv.metr, hammom (bir qismi) 6,28 kv.metr, uy-joy (bir qismi) 115,92 kv.metr, naves 50,50 kv.metr va hojatxona 15,03 kv.metr jami 250,24 kv.metrdan iborat noqonuniy qurilmalarni majburiy tartibda buzish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ijro hujjati talabini o‘z muddatida bajarish haqida javobgar B.Abdurazakova ogohlantirilgan. 
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining 28.04.2021 yildagi ajrimiga asosan ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Mazkur sudning 01.06.2021 yildagi ajrimi bilan ijro harakatlarini davom ettirish belgilangan.

Sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan 02.06.2021 yilga majburiy ijro harakatlari tayinlangan.
Joriy yilning 2 iyun kuni olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, nizoli joydagi hammom (6.28 kv.metr), naves (50,50 kv.metr) va hojatxona (15,03 kv.metr) javobgar tomonidan buzilgan va ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt yakunlanganligi sababli qolgan (ayvon va uy-joy) qismini buzdirish 03.06.2021 yilga qoldirilgan.

So‘ngra, javobgar va ularning vakillari noqonuniy qurilmani o‘z ixtiyori bilan buzishiini ma’lum qilib, bu haqida sudga murojaat etganligi sababli, ijro harakatlari 24.06.2021 yilga qadar keyinga qoldirilgan.

Bundan tashqari, Andijon viloyat sudining 16.06.2021 yildagi xatiga ko‘ra, mazkur fuqarolik ishi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida kassatsiya tartibida ko‘rilguniga qadar sud qarorlarining ijrosi to‘xtatilganligi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Andijon viloyat boshqarmasi: ijro harakatlari to‘xtatilgan