11:00 / 05.07.2021
7 457

«Shaharni tozalashim uchun menga hech qanday lavozim kerak emas». SanJay hashar ishlarini Ko‘kcha masjidi oldidan boshladi


Foto: «Rost24.uz»
Xonanda SanJay shaharda chiqindilar to‘planib qolmasligi uchun odamlarni befarq bo‘lmaslikka chaqirib chiqish qilgan edi. Uning bu chiqishiga javoban Toshkent shahar hokimligi xonandaga uning o‘zi istiqomat qilayotgan Shayxontohur tuman obodonlashtirish bo‘limi rahbari lavozimini taklif etgandi. «Rost24.uz»ning ma’lum qilishicha, SanJay shaharni tozalashi uchun unga hech qanday lavozim kerak emasligini aytdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqqan videoda «Menga shahar hokimligi ruxsatnoma bersin, ekologiyaga aloqador tashkilotlarga so‘zim o‘tsin, shaharni 6 oyda top-toza qilib qo‘yaman», degan xonanda 3 iyul kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan Ko‘kcha masjidi oldida hashar jarayonlarini boshlab yubordi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlarni hech qanday piar uchun qilmayapti. Buni trend deb ham hisoblamaydi.
«Piar qilishim uchun chiqindi tozalashim kerakmi? Men ikkita yaxshi qo‘shiq olsam, mana shu men uchun piar. Borib birortasiga bitta shapaloq uraman — mana piar. Qanday qilib obodonlashtirish piar bo‘lishi mumkin? Agar piar bo‘lgan taqdirda ham xalq foydasiga bo‘ladigan piar bo‘lyapti bu.

Obodonlashtirish bo‘yicha trendga chiqqanim ham yo‘q. Bizda negativ ishlar qilinsa, trendda bo‘ladi, xalqqa foydasi tegadigan shunday ishlar bo‘lsa, hech kimning ishi yo‘q», — degan u.

Toshkent shahar hokimligi xonandaga uning o‘zi istiqomat qilayotgan Shayxontohur tuman obodonlashtirish bo‘limi rahbari lavozimini taklif etganiga esa «Menga bu yerlarni tozalashim uchun hech qanday lavozim kerak emas, insof kerak, vijdon kerak, xalqning birligi kerak», deya javob bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Shaharni tozalashim uchun menga hech qanday lavozim kerak emas». SanJay hashar ishlarini Ko‘kcha masjidi oldidan boshladi