Foto: «Qalampir.uz»
Joriy yilning 19 iyul kuni MMA jangchisi, «Osiyo ayig‘i», O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xonto‘rayev 34 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining ma’lum qilishicha, joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan «Lacetti» hamda «BMW X5» rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida «BMW X5» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.
Murod Xonto‘rayevning vafotidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda turli gap-so‘zlar tarqaldi. YTH yuz bergan kuni Murod Xonto‘rayevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anorboyev ham bo‘lgan. U YTH yuz bergandan so‘ng, zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yetkazilgan. Xonto‘rayevning dafn marosimi o‘tganidan keyin esa avtomobilda bo‘lgan Anorboyevning ham komaga tushgani, undan hech kim xabar olmayotgani haqida gap-so‘zlar tarqaldi.
Jasur Anorboyev «Qalampir.uz»ga «avariya» qanday bo‘lganini so‘zlab berdi.
«To‘g‘risi, shifoxonaga olib kelishganini umuman eslay olmayman. Esimda yo‘q. Hammasi tez bo‘lib ketdi. Akam (Murod Xonto‘rayev) va men yo‘lda kelayotgandik. Odam baribir tanigan insoniga ishonadi-da. Mashinada tog‘ga borayotganimizda qanday ishongan bo‘lsam, qaytayotganda ham shunday ishonib, bemalol, xotirjam telefonimni o‘ynab kelayotgandim. Nimadir bo‘ldi, shunday oldimga qaradim, «Lacetti» bizni qisib qo‘ydi. Davlat raqami va belgisi esimda yo‘q, lekin «Lacetti» edi. Biz o‘z yo‘limizda «kak polojeniye» ketayotgandik, u bizni qisib qo‘ydi. Uyog‘ini eslay olmayman. Keyin ko‘zimni ochganimda, tepamda shifokorlar turgandi. Boshimni esa tikishayotgandi. Mana, kecha o‘zimga keldim va hammasini esladim. Allohning o‘zi saqlab, meni tirik qoldirdi. Akamning joyi jannatda bo‘lsin. Oxiratlari obod bo‘lsin», — deydi Murod Xonto‘rayevning shogirdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi