Foto: Prezident matbuot xizmati
«Fazoviy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun (O‘RQ–702-son, 23.07.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, fazoviy ma’lumotlar fazoviy ob’ektlar to‘g‘risidagi, ularning joylashuvi, shakli, xossalari xaqidagi ma’lumotlardan iborat.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi fazoviy ma’lumotlar sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirishga doir faoliyatning muvofiqlashtirish maqsadida Kadastr agentligi huzurida Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi.
Fazoviy ma’lumotlar bazaviy va sohaga oid fazoviy ma’lumotlarga bo‘linadi.
Fazoviy ma’lumotlar va metama’lumotlar davlat organlariga o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun – beg‘araz asosda, boshqa foydalanuvchilarga esa – Kadastr agentligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlardagi haq evaziga taqdim etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi