Honor 600 va Honor 600 Pro smartfonlarining Rossiyada sotuvga chiqish sanasi maʼlum

Chakana savdo manbalariga koʻra, yangi Honor 600 va Honor 600 Pro smartfonlari Rossiya bozorida 2026-yil 28-maydan boshlab sotuvga chiqariladi. Ushbu turkumdagi qurilmalar oʻzining ilgʻor texnik xususiyatlari va zamonaviy dizayni bilan eʼtiborni tortmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Asosiy Honor 600 modeli 6,57 dyuymli AMOLED displey, 120 Gts yangilanish tezligi va 8000 nit yorqinlikka ega. Qurilma Snapdragon 7 Gen 4 protsessori, 200 megapikselli asosiy kamera hamda 7000 mA·soat sigʻimli akkumulyator bilan jihozlangan. Dasturiy taʼminot sifatida MagicOS 10 qobigʻidagi Android 16 tizimi oʻrnatilgan.
Honor 600 Pro versiyasi esa yanada kuchliroq Qualcomm Snapdragon 8 Elite chipi va 50 megapikselli telefoto obyektivga ega boʻlib, u 3,5 karrali optik zum imkoniyatini taqdim etadi. Dizayn jihatidan qurilmalar iPhone 17 Pro modellarini eslatuvchi uslubda ishlangan.
Eslatib oʻtamiz, mazkur liniyaning global taqdimoti 23-aprel kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida boʻlib oʻtgan edi. Yevropa bozorida Honor 600 Pro modelining narxi 1000 yevrodan, bazaviy Honor 600 esa 500 yevrodan boshlanishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!