00:39 / 11.08.2021
2 765

Andijonda obodonlashtirish xodimlari prokuror uyida "hashar"ga jalb etildi


Bloger Xurshid Daliyev telegram kanalida Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabbayevning Andijon tumanida joylashgan hovlisida obodonlashtirish bo‘limi xodimlari bahor oyidan kuzgacha ishga jalb etilganligi haqidagi xabar e’lon qilindi.

"Qonun himoyachisining o‘zi qonunni buzyapti. Bu holatga huquqiy baho berilishi lozim", - deya yozadi bloger.

Andijon viloyati prokuraturasining 19 iyundagi fuqarolarga yo‘llagan javob xatida obodonlashtirish bo‘limi xodimlari ixtiyoriy ravishda mazkur ishni qilishgani va hech kim ularni majburiy mehnatga jalb etmaganini bildirgan.

Mazkur holatga Bosh prokuratura o‘z munosabatini bildirib,  Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori Sardor Rejabbayevga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda obodonlashtirish xodimlari prokuror uyida "hashar"ga jalb etildi