Karina Kapur bugun Hindiston kinolari haqida gap ketganda eng birinchi tilga olinadigan aktrisalar qatorida. 1980 yil 21 sentabrda Mumbay shahrida aktyorlar oilasida tug‘ilgan. U “Kapurlar sulolasi” vakili sifatida san’atga bolalikdan oshno bo‘lgan.
Uning katta ekranlardagi ilk chiqishi 2000 yilda “Refugee” filmi bilan bo‘ldi. Shundan beri Karina yuzdan ortiq filmda suratga tushib, Bollivudning eng yorqin yulduziga aylandi. “Kabhi Khushi Kabhie Gham”, “Jab We Met”, “3 Idiots” kabi filmlar tomoshabinlar qalbida iz qoldirgan.
Karina nafaqat go‘zalligi, balki xarakterli rollarni chin dildan ijro etishi bilan ham millionlab muxlislar qalbidan joy olgan. Ayniqsa, “Jab We Met” filmidagi shaddod va erkin qahramon obrazi aktrisaga katta shon-shuhrat olib kelgan.
Shaxsiy hayotida u aktyor Saif Ali Xon bilan 2012 yilda turmush qurdi. Juftlik bugun ikki o‘g‘il — Taymur Ali Xon, Jahongir Ali Xonning mehribon ota-onasi sifatida mashhur. Ularning oilaviy hayoti ham muxlislar uchun qiziq mavzu bo‘lib qolmoqda.
Bugun Karina Kapur faqatgina filmlarda emas, balki moda va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ham ko‘plarga ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.