23:08 / 07.09.2021
2 324

Qashqadaryoda juma namoziga kirib ketgan fuqaroning mashinasidan 70 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda juma namoziga kirib ketgan fuqaroning mashinasidan 70 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Foto: IIV
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida fuqaroning 70 million so‘mini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda IIV axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIBga 2021 yil 3 sentabr kuni tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 13:00 larda noma’lum shaxs Qarshi shahar «Mahallot» MFY hududidagi «Mahallot» jome masjidiga namoz o‘qish uchun kelgan Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi E.ning Nexia-3 rusumli avtomashinasi salonidan 70 million so‘m pulni o‘g‘rilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur o‘g‘rilikni Qarshi shahar «Komilon» MFYda yashovchi muqaddam sudlangan X. sodir etgani aniqlanib, undan ashyoviy dalil tariqasida 67 300 000 so‘m pullar hujjatlashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (ko‘p miqdorda o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda juma namoziga kirib ketgan fuqaroning mashinasidan 70 mln so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlandi