18:47 / 27.09.2021
1 010

Toshkentda uch nafar erkak tamaki do‘koni devorini teshib kirib, 46 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irladi

Toshkentda uch nafar erkak tamaki do‘koni devorini teshib kirib, 46 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irladi
Kadr: Telegram
Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan do‘konlardan birining devorini teshib kirib, o‘g‘irlik sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatida yashovchi R.B. va Sh. ismli shaxslar Olmazor tumanidagi tamaki sotiladigan do‘konlardan biriga devorni teshgan holda o‘g‘rilikka tushgan.

Aniqlanishicha, 51 yoshli R. tamaki do‘konini o‘marishdan oldin u yerga bir necha marta kirgan va eshikni buzib kirish mumkinligini tushungan. Bundan oldin ham sodir etgan jinoyati uchun qamalib chiqqan fuqaro R. sheriklari bilan bozordan kerakli asbob-anjomlarni xarid qilib, o‘g‘irlikka qo‘l urgan. Ular buzib kirgan eshik mebel do‘koniniki bo‘lib chiqqan va uni tamaki do‘koni bilan DSP devor ajratib turgan. Shundan so‘ng, qonunbuzarlar o‘rtadagi devorni teshib kirib, u yerdan 46 million so‘mlik tamaki mahsulotlarini olib chiqib ketgan.

Ushbu shaxslar o‘g‘rilikdan keyin Samarqand viloyatiga qochib ketgan. Tezkor guruh ularni qo‘lga olib, Olmazor tumani IIB tergov bo‘limiga topshirgan. Bunga qadar ular o‘g‘irlangan tamakilarni 14 million so‘mga sotib, pullarni o‘zaro bo‘lishib olgan.

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-modda (o‘g‘rilik) 2-qismi «b», «v» va «g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda uch nafar erkak tamaki do‘koni devorini teshib kirib, 46 mln so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irladi
[/banner_pushhouse