Foto: «Korrespondent.net»
Syurixdagi Federal texnologiya institutining bir guruh olimlari ko‘k choyning organizmga ta’siri avval o‘ylanganidan ancha murakkab ekanligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Aging jurnalida chop etildi, deb yozadi «Korrespondent.net».
Ma’lumki, ichimlik tarkibida qarish jarayonini sekinlashtiradigan katexinlar mavjud. Ushbu moddalar erkin kislorod radikallari tufayli tanadagi stressning oldini oluvchi antioksidantlar hisoblanadi. Shunday qilib, ular hujayralar yoki DNKga zarar yetkazmaslikka yordam beradi.
Biroq caenorhabditis elegans chuvalchangi ustida o‘tkazgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ko‘k choy katexinlari aslida antioksidantlar emas. Aksincha, ular oksidlanish jarayonlarini rag‘batlantiradi va shu bilan emlash kabi tananing himoyasini yaxshilaydi.
«Bular antioksidantlar emas, balki vaksina kabi tananing o‘zini himoya qilish qobiliyatini yaxshilaydigan prooksidantlar», – deya tushuntiradi professor va tadqiqot guruhi rahbari Maykl Ristou.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, stressning qisqa muddatli ko‘rinishi organizmga ushbu zararli jarayonga moslashishga va hujayralarning himoya qobiliyatini oshirishga imkon beradi.
Tajribalar katexinlar eksperimental nematodalarning umrini uzaytirishini va jismoniy holatini yaxshilashini tasdiqladi. Ristou ko‘k choy ichishni tavsiya qiladi: qora choyda fermentatsiya tufayli foydali prooksidantlar yo‘q bo‘lib ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»