
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5 dekabr kuni davlat tashrifi bilan Nur-Sulton shahriga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, muzokaralarda siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika salohiyatini oshirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.
Tashrif yakunida hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonShavkat MirziyoyevQozog‘istonNur-SultonMuzokaralarHamkorlikni Kengaytirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar