1 473
O‘zbekistondagi uylarning o‘rtacha narxlari qanday va ularning qiymatiga nima ta’sir ko‘rsatadi?
2021 yilda O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozori sezilarli darajada faollashdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida qayd etildi.
Oldi-sotdi boyicha bitimlar soni 14,5 foizga o‘sgan. Eng yuqori ko‘rsatkich Namangan viloyatida – 42 foiz, eng past ko‘rsatkich esa Toshkent shahri va Toshkent viloyatida (1 foiz) hisoblanadi.
Markaziy bank, shuningdek, Toshkentdagi uy-joylarga bo‘lgan talabning oshganini va yaqin hududlardagi talab esa asta-sekin barqarorlashayotganini ta’kidladi.
Boshqa viloyatlardagi infratuzilmaning rivojlanishi, ehtimol, mintaqaviy bozorlarda ko‘chmas mulk xarid qilinishining asosiy sababi bo‘lishi mumkin, — deyiladi hisobotda.
Narxlar qanday qilib va nima uchun pasaydi?
2021 yilning oxirida ikkilamchi bozordagi narxlar sezilarli ravishda ko‘tarildi. Toshkentda 1,5-2 foiz, Samarqand, Andijon, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida esa 10 foizdan ziyodroq o‘sish darajasi qayd etildi.
2021 yili ikkilamchi bozorda 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha narxlar:
Markaziy bankning xabar berishicha, inflyatsiya darajasi, pul o‘tkazmalarining hajmi va valyuta ayirboshlash kursi ko‘chmas mulk narxlarining o‘sishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan hisoblanadi.
Inflyatsiyaning ta’siri
Aholi o‘z jamg‘armalarining xarid qobiliyati, ularni eskirishidan saqlash uchun uy-joy sotib olishni afzal ko‘rmoqda. Bu esa ko‘chmas mulk narxining oshishiga olib keladi. Mamlakatda umumiy narxlar darajasining 1 foizga oshishi natijasida ko‘chmas mulk narxlari o‘rtacha 0,66 foizga o‘sib bormoqda.
Pul o‘tkazmalarining ta’siri
2021 yil mobaynida mamlakatda transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 34 foizga yetdi.
Aholi umumiy daromadlarining oshishi uy oldi-sotdisi bo‘yicha shartnomalar sonining oshishiga, shu jumladan, narxlarning ko‘tarilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Izlanishlar natijasiga ko‘ra, elastiklik koeffitsiyenti 0,6-0,7 foiz qiymatni tashkil qilgan.
Ko‘chmas-mulk narxlariga nisbatan munosabat shu zahoti emas, balki kelib tushayotgan pul o‘tkazmalaridan kerakli summani to‘plab olishi uchun aholiga biroz vaqt kerak ekanligi bilan izohlanadigan ozroq kechikishdan so‘ng yuzaga keladi.
Dollar kursining ta’siri
Aholi valyuta kursining barqarorlashuvi borasida eng maqbul yo‘l sifatida pullarni ko‘chmas mulk ko‘rinishida saqlashni boshlaydi.
Valyuta kursining o‘zgarishi, ayniqsa, uning qadrsizlanishi, uy-joylar narxi va ularga bo‘lgan talabning oshishiga olib keladi.
Qaror qabul qilish jarayonida bo‘lgan aholining bir qismi uy-joy xarid qilishni tezlashtiradi, buning natijasida esa talabning vaqtinchalik oshishiga va narxlarning ko‘tarilishiga olib keladi.
Shunday qilib, so‘m kursining 1 foiz qadrsizlanishi uy-joy narxining o‘rtacha 0,58 foizga qimmatlashishiga sabab bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi