date

Mirziyoyev: Namanganda yangi dasturlar va katta imkoniyatlar boshlanmoqda

Mirziyoyev: Namanganda yangi dasturlar va katta imkoniyatlar boshlanmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-sentyabr kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida aholi turmushini yuksaltirish va hudud iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotiga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda erishilgan natijalar, yangidan ochilayotgan imkoniyatlar hamda kelgusi rejalar atroflicha muhokama qilindi.

Oxirgi sakkiz yilda viloyat taraqqiyotida ulkan o‘zgarishlar kuzatildi. Jami 7 milliard dollar xorijiy sarmoya yo‘naltirildi, natijada 8 mingga yaqin yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari ish boshladi. Eksport yo‘nalishida ham sezilarli o‘sish qayd etildi – mahsulot turi ikki baravar ko‘payib, 1 mingdan oshib ketdi.

Hozirda mehnatga layoqatli aholining 82 foizi kichik biznes va tadbirkorlik orqali daromad topmoqda. Real o‘rtacha oylik maosh uch marta o‘sib, 15,5 million so‘mga yetdi. Bugungi natijalar Namanganliklarning kundalik hayotida ham o‘z ifodasini topayotgani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda yil yakuniga qadar yana katta vazifalar belgilandi: 4,2 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, 323 ming kishi uchun ish o‘rinlari yaratish va 26 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan.

Prezident “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturini amalga oshirish tashabbusini ilgari surdi. Bu dasturga respublika bo‘ylab eng qiyin ahvoldagi 328 ta mahalla, shuningdek, Farg‘ona, Samarqand va Toshkentdan 4 tadan, qolgan viloyatlardan 2 tadan tuman kiritiladi. Aholisi rozi bo‘lgan va namuna ko‘rsata olgan hududlarga “Prezident tumani” va “Prezident mahallasi” maqomi berilib, ularga qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etiladi.

So‘nggi yillarda Namanganda kambag‘allik darajasi ikki yarim barobar kamaydi. Tadbirkorlik loyihalari ortib, o‘rtacha maosh 4,5 million so‘mga yetdi. Buning natijasida ikki yilda 62 ming nafar migratsiyadagi fuqaro yurtiga qaytdi.

Shuningdek, hududdagi xushmanzara joylar bo‘yicha master-reja tayyorlanishi va yangi loyihalar hisobiga kelgusi yilda 50 ming odamni ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on va Chustdan o‘tuvchi daryo hamda soy o‘zanlarining 40 kilometri bo‘ylab 650 ta servis obyekti qurish orqali yana 10 ming kishiga daromad manbai yaratish mumkinligi qayd etildi.

Yig‘ilishda davlat rahbari iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga, aholining farovonligini oshirish, yangi imkoniyatlar eshigini ochish asosiy maqsad ekanini alohida urg‘uladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev: Namanganda yangi dasturlar va katta imkoniyatlar boshlanmoqda