date

O‘zbekiston Global innovatsiya indeksda 79-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Global innovatsiya indeksda 79-o‘rinni egalladi

Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan tayyorlangan va e’lon qilingan 2025 yilgi Global innovatsiya indeksida O‘zbekiston 139 ta davlat orasida 79-o‘rinni egalladi. Bu natija mamlakatning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya salohiyatining sezilarli o‘sishi hamda rivojlanish tendensiyalarini yana bir bor tasdiqlaydi.

Ma’lumot uchun, Global innovatsiya indeksi har yili sentyabr oyida e’lon qilinadi va 2 ta asosiy subindeks hamda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha birlashtirilgan qariyb 80 ta indikator asosida tayyorlanadi. Bu indikatorlar mamlakatlar innovatsiya salohiyati, bilim va texnologiya rivojlanishi, biznes muhiti va boshqaruv sifatini aniqlashda asosiy mezon hisoblanadi.

O‘zbekiston 2015-yilda ilk bor mazkur indeksga kirgan va 141 mamlakat orasida 122-o‘rinni egallagan. Keyingi yillarda mamlakatning innovatsiya salohiyati sezilarli darajada o‘sib, 2024-yilda 132 mamlakat orasida 83-o‘rin qayd etilgan edi.

2025 yilgi hisobot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning “Innovation input” (sarmoya va resurslar) subindeksida 69-o‘rin, “Innovation output” (natijadorlik va samaradorlik) subindeksida esa 92-o‘rin qayd etildi. Baholangan 78 indikator ichida 36 tasida ijobiy o‘sish kuzatilgan, 7 tasi esa o‘zgarishsiz qolgan.

Yo‘nalishlar kesimida O‘zbekiston quyidagi natijalarga erishdi:

“Inson kapitali va ilmiy tadqiqotlar” — +12 o‘rin,

“Infratuzilma” — +1 o‘rin,

“Bozor rivojlanishi” — +4 o‘rin,

“Bilim va texnologiya mahsulotlari” — +10 o‘rin, ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi.

Shu bilan birga:

“Biznesni rivojlantirish” — -4 o‘rin,

“Ijodiy mahsulotlar” — -1 o‘rin, pasayish qayd etildi,

“Boshqaruv institutlari sifati” — o‘zgarishsiz qoldi.

Daromad darajasi bo‘yicha O‘zbekiston quyi o‘rta daromadli mamlakatlar guruhida 37 davlat orasida 7-o‘rinni egallab, 2024-yildagi 10-o‘rindan yuqoriladi. Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida esa Hindiston va Erondan keyin 3-o‘rinni egalladi (2024-yilda 4-o‘rin).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston Global innovatsiya indeksda 79-o‘rinni egalladi