Foto: «E-auksion.uz»
Navoiy viloyati Nurota tumanida qo‘lbola usulda oltin qazib olish uchun ajratilgan yer maydonlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Ma’lumotlar «E-auksion» portalida e’lon qilindi.
Portalda qayd etilishicha quyidagi yerlar auksionga qo‘yilgan:
- Shohsoy-1/22, boshlang‘ich qiymati — 42,5 mln so‘m;
- Shohsoy-5/22, boshlang‘ich qiymati — 37,8 mln so‘m;
- Shohsoy-6/22, boshlang‘ich qiymati — 47,2 mln so‘m;
- Shohsoy-7/22, boshlang‘ich qiymati — 37,8 mln so‘m;
- Shohsoy-8/22, boshlang‘ich qiymati — 47,2 mln so‘m;
- Shohsoy-9/22, boshlang‘ich qiymati — 18,9 mln so‘m;
- Shohsoy-10/22, boshlang‘ich qiymati — 14,1 mln so‘m;
- Shohsoy-11/22, boshlang‘ich qiymati — 11,3 mln so‘m.
Auksionga qo‘yilgan yerlar uchun arizalar 4 mart 9:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.
O‘zbekistonda oltinni qo‘lbola qazib olish qanday amalga oshiriladi?
Oltin qazib olish uchun yer maydonlarining auksioni g‘olibi yerdan uch yil davomida foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani qo‘lga kiritadi.
Bu huquqni faqat O‘zbekiston fuqarolari yoki talabga javob beruvchi kompaniyalar qo‘lga kiritishi mumkin (70 foiz ulushi O‘zbekiston fuqarosiga tegishli bo‘lishi va ishchilarning 70 foizi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lishi talab etiladi).
Yer maydonidan foydalanish huquqini boshqalarga o‘tkazish yoki sovg‘a qilish taqiqlanadi (bitta ruxsatnoma — bitta yer maydoni). Qazib olingan oltinni OKMK, NKMK g‘aznalariga sotish mumkin.
Konchilar bir qator imtiyozlarga ega, shu jumladan, ular soliqlar va majburiy to‘lovlardan ozod etilgan (yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasno).
Ko‘p yillar davomida oltinni qo‘lbola usulda qazib olish butunlay noqonuniy bo‘lib kelgan, lekin bu deyarli hech kimni to‘xtata olmadi — Navoiy, Samarqand, Buxoro viloyatlari kabi ayrim hududlarda noqonuniy oltin qazib olish tizimli tus oldi. Masalan, 2018–2019 yillarda noqonuniy oltin qazib olish bilan bog‘liq 220 ta holat aniqlanib, ular bo‘yicha 42 ta jinoyat ishi va 186 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.
Sohadagi shu kabi muammolarga barham berish maqsadida rasmiylar oltin qazib olishni qonuniylashtirishga qaror qildi — 2019 yil mart oyidan buyon u mustaqil tadbirkorlik turi hisoblanadi va u bilan shug‘ullanish uchun hatto yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish ham talab etilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot