07:03 / 09.10.2022
1 305

Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi
Foto: Illustrativ foto
Toshkentning qadimiy darvozalarni qayta tiklash ishlarini jadallashtirish, tarix va arxeologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan tajribali ekspertlar va soha mutaxassislarini, shuningdek, boshqa tegishli davlat tashkilotlarining mas’ul xodimlarini jalb qilgan holda, darvozalarning aniq tarixiy dizayni va loyiha-konsepsiyalarini puxta ishlab chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Toshkentning qadimiy darvozalarni qayta tiklash bo‘yicha Ishchi guruhi tomonidan bugungacha bajarilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Joriy yilda poytaxtning 12 ta qadimiy darvozalaridan 2 tasini qayta tiklash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Ma’lumot o‘rnida: XIX asrga qadar Toshkent shahri 12 ta darvozaga ega kuchli qal’a devori bilan o‘ralgan. Har bir darvoza o‘sha hududning qadimiy nomi, markaziy ko‘chaning nomlanishi yoki qaysi yo‘nalishda joylashganligiga qarab atalgan: Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‘bon, Chig‘atoy, Ko‘kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog‘och, Qo‘ymas, Qo‘qon, Qashqar. Har bir darvozani maxsus xonada yashagan qo‘riqchi (darvozabon) nazorat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi