Hamdam Sobirov maktabda qaysi fandan yaxshi oʻqigan?

Xonanda Hamdam Sobirov intervyulardan birida maktabdagi oʻqish davri va qaysi fanlarga qiziqqani haqida soʻzlab berdi.
Uning aytishicha, boshlang‘ich sinflarda, xususan 5 sinfgacha u aʼlo baholarga oʻqigan.
Biroq keyingi yillarda oʻzini ancha shoʻx va faol boʻlganini taʼkidladi. Sanʼatkorning soʻzlariga koʻra, u eng koʻp jismoniy tarbiya darsini yoqtirgan.
Shuningdek, musiqa, ona tili va adabiyot fanlari ham uning sevimli darslari qatorida boʻlgan.
Ayni paytda, u fizika va matematika fanlariga unchalik qiziqmaganini ham yashirmadi.
Hamdam Sobirovning taʼkidlashicha, maktab davridagi ushbu qiziqishlar uning kelajakdagi ijodiy yoʻliga ham maʼlum maʼnoda taʼsir koʻrsatgan.































Izohlar 0
…