
2025 yil 27 noyabrda Deadline nashri xabar berishicha, Jeyms Kemeronning uchinchi filmi — "Avatar: Olov va Kuli"ning kassa daromadi bo‘yicha dastlabki prognozlari e’lon qilindi. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Shimoliy Amerikada filmning ilk hafta oxiridagi daromadi taxminan 110 million dollarga yetishi mumkin.
Prognozga ko‘ra, daromad diapazoni 100 milliondan 130 milliongacha bo‘lishi kutilmoqda. Bu 2022 yilda prokatga chiqqan "Suv yo‘li" filmining 134 million dollarlik boshlang‘ich ko‘rsatkichidan biroz pastroqdir.
Mutaxassislarning fikricha, bu ko‘rsatkichlar yaxshi deb baholanadi, chunki "Avatar" franshizasi an’anaviy tarzda daromadni sekin-asta oshiradi va bir zumda yuqori daromad ko‘rsatmaydi. Uchinchi film 2025 yilning 19 dekabrida namoyish etilishi rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.