G‘aybulla Tursunov va Jasmin duetining yangi hiti “Istayman” premyera qilindi! (video)

Xonanda G‘aybulla Tursunov Jasmin bilan ijro etgan yangi qo‘shiq — “Istayman” kecha, 7 yanvar kuni soat 20:00 da YouTube platformasida namoyish etildi.
Hali bir kun ham o‘tmay, qo‘shiq 150 mingga yaqin tomosha yig‘di va 7 mingga yaqin iliq izohlar qoldirildi. Tomoshabinlar fikricha, duet katta hitga aylanadi — ular yangi qo‘shiqni yuqori baholab, G‘aybulla va Jasmin ijrolarini maqtashdi.
Shuningdek, ko‘pchilik foydalanuvchilar ijodkorlarning bir-biriga uyg‘unligi, ovoz uyg‘unligi va qo‘shiqdagi samimiylikni ta’kidlab, yangi duetni tinglashni tavsiya qilmoqda. Bu qo‘shiq nafaqat ijtimoiy tarmoqlarda, balki musiqiy platformalarda ham tez orada katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…