date

«Godzilla: Minus nol» 6 noyabr kuni kinoteatrlarga chiqadi

«Godzilla: Minus nol» 6 noyabr kuni kinoteatrlarga chiqadi

Yaponiyaning TOHO kinokompaniyasi «Godzilla: Minus nol» filmining jahon prokatiga chiqish sanasini e’lon qildi: kartina joriy yil 6 noyabr kuni dunyo kinoteatrlarida namoyish etiladi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Film «Godzilla: Minus bir»ning davomi bo‘lib, Yaponiyada 3 noyabr kuni premyera qilinadi. Namoyish sanasi 1954 yilda chiqqan ilk «Godzilla» filmining yubileyiga uyg‘un tarzda tanlangani ta’kidlanmoqda.

Loyihaga yana Takashi Yamazaki qaytdi: u bu safar ham rejissyor va ssenariy muallifi, shuningdek, vizual effektlar bo‘yicha rahbar vazifalarini bajaradi.

«Godzilla: Minus bir» 2023 yilda ekranlarga chiqqan, 15 mln dollarlik byudjet bilan ishlanganiga qaramay, global prokatda 113 mln dollardan ortiq daromad to‘plagan. Film voqealari urushdan keyingi Yaponiyada kechib, mamlakatni Godzilla hujumi larzaga soladi. Asarda tirik qolib ketgani uchun o‘zini aybdor his qilayotgan sobiq harbiy uchuvchi obrazi orqali insoniy drama, mas’uliyat va omon qolish narxi mavzulari yoritiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » «Godzilla: Minus nol» 6 noyabr kuni kinoteatrlarga chiqadi