date

Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov haqida yurakdan gapirdi

Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov haqida yurakdan gapirdi

Aktrisa Saida Rametova “Ayol qalbi” ko‘rsatuvida bergan intervyusida turmush o‘rtog‘i — Jumadulla Rametov haqida samimiy va ta’sirli fikrlar bildirdi.

Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘ining og‘ir xastalikka chalinishini hech qachon tasavvur ham qilmagan. Biroq hayotdagi sinovlarni sabr bilan qabul qilishga harakat qilganini ta’kidladi:

“Hech qachon turmush o‘rtog‘im Jumadulla Rametov bunday kasallikka chalinadi, deb o‘ylamagan edim. Ammo shukr qilaman: atrofimizda sog‘lom yurgan qancha do‘stlarimiz, yaqinlarimizdan ayrilyapmiz. Dastlab juda xafa bo‘ldim, ko‘nglim og‘ridi. Lekin bu ham Allohning sinovi ekan. Odam vaqt o‘tib ko‘nikar ekan. Hayotning 15 kuni qorong‘u bo‘lsa, 15 kuni yorug‘.”

Aktrisaning aytishicha, hozirda turmush o‘rtog‘i teatrda faoliyat yuritmaydi, xotirasida ham ayrim muammolar bor. Shunga qaramay, eng muhimi — hayot davom etayotgani:

“Ular hozir teatrda ishlamayotgan bo‘lsalar-da, xotiralari biroz yo‘qolgan bo‘lsa ham, hayotlar, nafas olib turibdilar. Ilohim, umrlari uzoq bo‘lsin.”

Saida Rametova turmush o‘rtog‘ining hayoti va ijodidagi o‘rnini alohida e’tirof etdi:

“Men ayol va san’atkor sifatida doim aytaman — ulardan mingdan-ming roziman. Ular doim qalbimga quloq tutdilar, san’atda nimagadir erishishimda juda katta tayanch bo‘ldilar. Menga qalqon, qo‘rg‘on bo‘ldilar. Olgan Xalq artisti unvonimni ham avvalo ularniki, deb bilaman.”

Aktrisaning bu samimiy e’tiroflari tomoshabinlar qalbiga yetib bordi va ko‘plab iliq fikrlarga sabab bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Saida Rametova turmush o‘rtog‘i Jumadulla Rametov haqida yurakdan gapirdi