«Karta tilaklar» seriali: premyera sanasi, janri va syujet tafsilotlari

2026 yilda Okko platformasida «Karta tilaklar» nomli komedik drama yoʻnalishidagi, mistika unsurlari aralash yangi serial namoyish etildi. Loyiha ommabop psixologik amaliyotlar va infobiznes atrofidagi trendlarni kinoya bilan talqin qilib, tomoshabinga bitta keskin savolni beradi: agar tilaklar soʻzma-soʻz, kutilmagan tarzda roʻyobga chiqa boshlasa, oqibati qanday boʻladi? Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Serial premyerasi 2026 yil 1 yanvar kuni bo‘lib o‘tdi. Birinchi mavsumning barcha qismlari Okko’da onlayn tomosha uchun birdaniga taqdim etilgan.
Voqealar markazida Olesya — hayotidan, munosabatlaridan va atrofidagi odamlardan doim norozi yosh ayol turadi. U muvaffaqiyatsizliklari uchun mas’uliyatni ko‘proq boshqalarga yuklaydi, ich-ichidan esa ranjitganlarni jazolashni tilab yuradi.
Do‘stining maslahatidan so‘ng Olesya psixologik marafonda qatnashib, «tilaklar kartasi» tayyorlaydi. Biroq u odatdagi orzularni emas, asabiga tekkan odamlarga nisbatan “jazolar”ni tasvirlaydi. Kutilmaganda, bu niyatlar real hayotda ham amalga oshib ketadi — qattiq, so‘zma-so‘z va ko‘pincha qaytarib bo‘lmaydigan ko‘rinishda.
Olesya mazkur g‘oya bilan infoguru Yekaterina Polonskayaning chiqishidan keyin tanishadi va atrofdagilar uchun bir qator “jazolar”ni chizadi. Oradan ko‘p o‘tmay, birinchi g‘alati mosliklar paydo bo‘ladi: hamkasbi jarohat oladi, ZAGSda yong‘in yuz beradi. Olesya endi bular tasodif emasligini anglaydi.
U jarayonni to‘xtatishga urinadi, biroq karta “ishlashda” davom etadi: ish joyida ham xavfli vaziyatlar ketma-ket ro‘y beradi. Navbatdagi sirli hodisadan so‘ng Polonskaya qo‘lga olinadi. Faya esa kartani aldash — uni qayta chizish orqali oqibatni o‘zgartirish mumkinligini aytadi.
Biroq mojarolar tobora chuqurlashadi: Polonskaya Olesyadan shubhalanib, uni yo‘q qilishni buyuradi. Shu paytda Olesyaning onasi kutilmaganda homiladorligi kech muddatda ekani ma’lum bo‘ladi, oilaviy va shaxsiy ziddiyatlar yanada keskinlashadi. Tilaklar kartasi butunlay nazoratdan chiqadi.
Keyingi burilishda Polonskayaning yordamchisi Dmitriy Olesyani o‘g‘irlab ketadi: u autizmi bor o‘g‘liga yordam so‘rab, Olesyadan kartadan foydalanishni talab qiladi. Shu tariqa muhim haqiqat oydinlashadi: karta “davolamaydi”, u inson ichidagi ziddiyat va alamlarni shunchaki ko‘zgudek aks ettiradi.
Olesya oxir-oqibat shunday xulosaga keladi: tilaklarni bekor qilish yo‘li — kechirish va qabul qilishdan boshlanadi. U Faya bilan yarashishga muvaffaq bo‘ladi va kartadagi tilaklardan biri ortga qaytadi. Syujetda absurd, ammo ramziy epizod ham bor: Olesyaning otasi ruhi go‘yo bir bolaning tanasida paydo bo‘ladi — bu qahramonning eski ranj va dardlari bilan xayrlashish nuqtasiga aylanadi.
Finalda Olesya Igor bilan turmush qurishdan voz kechadi: ular bir-biriga mos emasligini anglab yetadi. Onasining homiladorligi haqidagi so‘nggi “tilak” esa saqlanib qoladi. Hikoya chaqaloq tug‘ilishi va Olesyaning vayronkor tilaklardan voz kechishi bilan yakunlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!