13 nafar sozanda, 3 ta mashina”: Jaloliddin Ahmadaliyev nega qimmat? (video)

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevga ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislardan kelgan savol : “Jaloliddin, nega Toshkentga chiqishlaringiz qimmat?” degan savol berildi. Xonanda mazkur savolga ochiq va samimiy javob berdi.
Uning ta’kidlashicha, faqat Toshkent emas, balki boshqa viloyatlarga chiqishlar ham arzon emas. “Chunki biz 13 nafar sozanda bilan 3 ta mashinada harakatlanamiz. Har bir jamoaning o‘z xarajati bor: yo‘l-yo‘riq, texnik ta’minot, sozandalarga to‘lanadigan haq. Eng muhimi, biz ijroni jonli tarzda amalga oshiramiz”, — dedi xonanda.
Shuningdek, Jaloliddin Ahmadaliyevdan yangi qo‘shiq premyerasi qachon bo‘lishi haqida ham so‘raldi. U bu savolga: “Xudo xohlasa, yana 15 kunlar ichida yangi taronani taqdim etamiz. Odatda bir oyda ikki qo‘shiq chiqarishni rejalashtiramiz”, — deya javob qaytardi.
Muxlislarning konsert haqidagi savoliga javob berar ekan, xonanda katta rejalarini ham ochiqladi. Uning aytishicha, 28–31 may kunlari Xalqlar do‘stligi saroyida konsert dasturini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Shu tariqa, Jaloliddin Ahmadaliyev yaqin kunlarda ham yangi qo‘shiqlar, ham katta konsert bilan muxlislarini quvontirishga tayyor.