date

Blackpink “Deadline” mini-albomi bilan qaytmoqda

Blackpink “Deadline” mini-albomi bilan qaytmoqda

K-pop olamining eng mashhur guruhlaridan biri — Blackpink — muxlislarini yana bir muhim yangilik bilan xursand qildi. YG Entertainment rasmiy e’loniga ko‘ra, 27 fevral kuni guruhning “Deadline” nomli yangi mini-albomi taqdim etiladi.

Qayd etilishicha, “Deadline” Blackpink’ning uchinchi mini-albomi hisoblanadi. Avvalroq guruh 2018 yilda “Square Up”, 2019 yilda esa “Kill This Love” mini-albomlarini chiqargan edi. So‘nggi to‘liq albom — “Born Pink” esa 2022 yilda taqdim etilib, global chartlarda yuqori o‘rinlarni egallagan.

Yangi mini-albom nomi guruhning hozirgi jahon gastrol safari bilan bir xil bo‘lib, bu reliz gastrol konsepsiyasi bilan uyg‘unlashgan holda taqdim etilishiga ishora qiladi. Albom ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan qisqa video orqali rasman tanishtirildi, biroq treklar ro‘yxati hozircha oshkor qilinmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Blackpink “Deadline” mini-albomi bilan qaytmoqda