date

BTS 4 yillik tanaffusdan so'ng yangi chiqishlar va albom bilan qaytmoqda

BTS 4 yillik tanaffusdan so'ng yangi chiqishlar va albom bilan qaytmoqda

K-pop dunyosining eng yirik nomlaridan biri — BTS nihoyat katta qaytishni e’lon qildi. BigHit Music ma’lumotiga ko‘ra, guruh 2026–2027-yillarda dunyo bo‘ylab ulkan konsert safari uyushtiradi: start 2026-yil aprelida Janubiy Koreyada beriladi, tur esa 2027-yil martigacha davom etadi va 70 dan ortiq shoularni qamrab oladi.

Eng “wow” detali: tur davomida 360 darajali sahna konsepsiyasi ishlatiladi. Bu format tomoshabinlar uchun ko‘proq o‘rin yaratishi, arena ichida ko‘rish burchagini yaxshilashi kutilmoqda.

Yana bir katta yangilik — yangi albom. BigHit Music va bir nechta OAV xabarlariga ko‘ra, BTSning yangi albomi 2026-yil 20-mart sanasiga rejalashtirilgan (yozuvlar Los-Anjelesda olib borilgani aytiladi).

Chiptalar qanday sotiladi?

  • 22–23-yanvar: ARMY Membership egalari uchun presale (Weverse orqali)

  • 24-yanvar: umumiy sotuv

BTS 2026–2027 turidan ayrim shaharlar (qisqa ro‘yxat)
Goyang, Tokio, Mexiko shahri, London, Parij, Los-Anjeles, Toronto, Bogota, San-Paulu, Bangkok, Sidney va boshqalar.

Xulosa bitta: ARMYlar endi “qachon?” deb emas, “qaysi shaharga chipta olamiz?” deb yashaydi. Faqat bitta maslahatim: presale kuni internetingiz “uchmasa” bo‘ldi — u kun Weverse’ga ham bosim tushadi, aniq.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » BTS 4 yillik tanaffusdan so'ng yangi chiqishlar va albom bilan qaytmoqda