2025 yilning eng shov-shuvli to‘ylari: mashhurlar oila qurgan yil

2025 yil o‘zbek shou-biznesi va sport olamida quvonchli voqealarga boy bo‘ldi. Bir qator taniqli shaxslar aynan shu yili turmush qurib, yangi hayot sahifasini ochdi.
Futbolchi Abduqodir Husanov atigi 21 yoshida bo‘ydoqlik bilan xayrlashib, muxlislarini xursand qildi. Uning to‘yi sport ixlosmandlari orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
Model va instabloger Monica ham 2025 yilda o‘z baxtini topdi. Uning to‘y marosimi hashamatli tarzda Dubay shahrida o‘tkazilgani bilan e’tiborni tortdi.
Xonanda Dilnoz Hakimovaning ham o‘sha yili to‘yi bo‘lib o‘tdi. San’atkorning quvonchli kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Shahlo Alijonova va Shohruz Ro‘ziboyev bir necha yillik muhabbatini nikoh bilan mustahkamlab, oila qurdilar. Ularning to‘yi samimiy va fayzli o‘tganini muxlislar alohida ta’kidladi.

Uztim va Hojiboy Tojiboyevning qizi Madina Tojiboyeva ham 2025 yilda turmush qurib, yangi hayot bosqichini boshladi.
Aktyor Shoxruh Hamdamov ham o‘sha yil oila qurgan mashhurlar safidan joy oldi. Uning to‘yi san’at ahli orasida iliq tabriklarga boy bo‘ldi.
Xonanda Nasafiy taxallusi bilan ijod qiluvchi Akmalov Aziziddiyn ham turmush qurib, shaxsiy hayotida muhim qaror qabul qildi.
Shuningdek, bloger Aisha aktyor Muhammadali Abduqunduzovning nabirasi — Shoxruhmirzo Abduqunduzovga turmushga chiqdi. Bu to‘y ham ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Yilning oktabr oyida esa aktrisa Feruza Normatovaning xorazmlik MMA jangchisi Olloyor Abdushukurov bilan to‘yi bo‘lib o‘tdi. Ushbu quvonchli voqea bilan 2025 yil mashhurlar uchun unutilmas yillardan biriga aylandi.
“Qizim” serialida rol ijro etgan aktyor Shoxnur Saidahmadovning to‘yi bo‘lib o‘tdi.
Bloger Solih va model Hilola turmush qurishdi.
Bloger Qahhorov Kamoliddin ham oktabr oyida turmush qurdi. Uning to‘y marosimida ko‘plab blogerlar ishtirok etdi.
