date

Birrov nega qimmat? Feruza Jumaniyozova sababini tushuntirdi

Birrov nega qimmat? Feruza Jumaniyozova sababini tushuntirdi

Xonanda Feruza Jumaniyozova “Intervyu TV” ko‘rsatuviga bergan suhbatlaridan birida Xorazmdagi chiqish narxlari borasidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

Boshlovchi xonandadan:

“Xorazmda birrovlik chiqishingiz $5 ming ekanligi rostmi?” — deya so‘radi.

Feruza Jumaniyozova bu savolga javoban:

“Ha, albatta, shunaqa,” — deya tasdiqladi.

Shundan so‘ng boshlovchi yana aniqlik kiritib:

“Birrovingiz Toshkentdagidek bo‘ladimi, ya’ni 4–5 ta qo‘shiq aytib ketasizmi?” — deya so‘radi.

Xonanda esa bunday emasligini ta’kidlab, shunday dedi:

“Yo‘q, boshqacha. Chiqishimiz 1 soatdan 1,5 soatgacha davom etadi. Xorazmda san’atkorlarni boshqacha e’zozlashadi, hurmat qilishadi. Bu yerda to‘ylarning talabi ham boshqacha, ancha og‘irroq. Toshkentdagidek kelib, 4–5 ta qo‘shiqni fonogramma bilan aytib ketish qabul qilinmaydi. Xorazmda jonli ijro bo‘lishi kerak. Shuning uchun narx ham shunga mos belgilanadi.”

Xonanda, shuningdek, narx masalasida qat’iy narx qo‘ymasligini ham qo‘shimcha qildi:

“Lekin aytilayotgan narx shuncha, xolos. Kelishamiz, yana ham. Insof sari baraka. Men hech qachon hech kimga aniq shuncha deb aytmaganman. Men xalqni o‘ylaydigan, xalqning sharoitiga qarab boradigan san’atkorman. Kimdandir yoki qayerdandir $5 ming degan gapni eshitgandirsiz, lekin men narx talashmaganman va bundan keyin ham talashmayman. $2 ming desa ham, $1 ming desa ham, sharoitiga qarab boraveraman.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Birrov nega qimmat? Feruza Jumaniyozova sababini tushuntirdi