Ritik Roshan 52 yoshini sevgilisi hamda yaqinlari bilan nishonladi

Hind kinosining yorqin yulduzi Ritik Roshan 11 yanvar kuni 52 yoshga to‘ldi. Aktyor tug‘ilgan kunini sevgilisi Saba va yaqin insonlari davrasida, sokin va samimiy muhitda nishonladi. Hashamatli shoular emas, balki iliq suhbatlar va minnatdorlik kayfiyati bu kunning asosiy bezagi bo‘ldi.
Tantana ortidan Ritik Roshan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida chuqur ma’noga ega, hissiyotlarga boy izoh qoldirdi. U dunyoga, oilasiga, do‘stlariga va muxlislariga minnatdorlik bildirdi. Aktyor unga yozgan, qo‘ng‘iroq qilgan, duo qilgan yoki shunchaki yaxshi tilak bildirgan barchani eslab o‘tdi. Hatto yetib bormagan qo‘ng‘iroqlar va aytilmagan so‘zlar ham uning qalbida o‘rin olganini ta’kidladi.

Roshan o‘z murojaatida hayotga falsafiy nigoh bilan qarab, insonlarning bir makonda, bir sayyorada yashashi va birga “aks-sadolar” yaratishini ulkan sharaf deb atadi. Uning so‘zlarida shukronalik, sokinlik va hayotning hozirgi lahzasini qadrlash ruhi yaqqol sezildi. Post “Sevgi uchun rahmat” degan jumla bilan yakunlandi va sanasi sifatida 2026 yil 11 yanvar ko‘rsatildi.
52 yoshga kirgan bo‘lsa-da, Ritik Roshan hanuz o‘zining kuchli karizmasi, jismoniy formasi va ruhiy yetukligi bilan muxlislar e’tiborida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!