
Kelajakda suratga olinadigan "Xudoning zirhlari: Ultimatum" filmi sahnalarining bir qismi O‘zbekistonda tasvirga tushirilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘istonning Salem Entertainment media kompaniyasi ma’lum qildi.
"Bizning Salem Entertainment jamoamiz "O‘zbekfilm" kinokompaniyasi va O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bilan samarali uchrashuv o‘tkazdi", — deyiladi kompaniya bayonotida. Kompaniya vakillari filmning ba’zi qismlarini O‘zbekiston hududida suratga olishga umid bildirishdi.
2026 yil oktyabr oyida bu loyihaning asosiy qismlari Qozog‘istonda suratga olinishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Salem Entertainment ma’lumotiga ko‘ra, mazkur loyiha Qozog‘iston kinematografiyasidagi eng yirik loyihalardan biri bo‘ladi.
"Xudoning zirhlari" — Jeki Chan ishtirokidagi sarguzasht filmlar seriyasi bo‘lib, unda u Osiyo Burguti laqabli artefakt ovchisining qiyofasida namoyon bo‘ladi. Ushbu filmlar hazil, akrobatik tryuklar va dunyo bo‘ylab qadimiy yodgorliklarni qidirish mavzularini o‘zida mujassam etgan.
Birinchi qismi 1986 yilda taqdim etilgan bo‘lib, keyinchalik uning davomiy filmlari suratga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.