date

“Ko‘k jiguli” — Ozoda Nursaidovaning shaxsiy hayotidan olinganmi?

“Ko‘k jiguli” — Ozoda Nursaidovaning shaxsiy hayotidan olinganmi?

Xonanda Ozoda Nursaidovaga so‘nggi yillarda muxlislar tomonidan katta qiziqish uyg‘otgan qo‘shiqlari haqida savol berildi. Xususan, undan:

“Ko‘k jiguli va Lada qo‘shiqlaringizdan qaysi biri sizga ko‘proq omad olib keldi?” — deb so‘rashdi.

San’atkor bu savolga samimiy va ochiq javob qaytardi. Uning aytishicha, “Ko‘k jiguli” qo‘shig‘i muxlislar orasida alohida qiziqish uyg‘otib keladi. Ko‘pchilik bu asarning yaratilish tarixini so‘rasa-da, Ozoda Nursaidova uni shu paytgacha oshkor qilmaganini ta’kidladi.

— “Ko‘k jiguli” qo‘shig‘idagi klip aslida mening hayotimdan olingan. Hayotimda mening ham sevgan yigitim bo‘lgan. Uning ko‘k jigulisi bor edi, u meni kinolarga olib borardi. Albatta, bularning barchasi o‘tgan kunlar, bir tarix. Men o‘sha tarixni qo‘shiqlarimda qoldirganman, — deydi xonanda.

Ozodaning ta’kidlashicha, “Ko‘k jiguli” ushbu hikoyaning boshlanishi bo‘lgan bo‘lsa, “Lada” qo‘shig‘i esa uni mantiqan davom ettirib, yakunlab bergan.

— “Ko‘k jiguli” birinchi bo‘ldi, “Lada” esa uni to‘ldirdi. Aslida men “Lada” bilan bu hikoyani tugatmoqchi bo‘lganman, — deya qo‘shimcha qildi san’atkor.

Xonandaning bu samimiy izohi muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, qo‘shiqlarga bo‘lgan mehrni yanada oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Ko‘k jiguli” — Ozoda Nursaidovaning shaxsiy hayotidan olinganmi?