date

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz”dan keyin nega kinoni tark etganini ochiq izohladi

Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz”dan keyin nega kinoni tark etganini ochiq izohladi

Makoley Kalkin 1990 yillar boshida “Uyda yolg‘iz” va uning davomlari orqali jahonga mashhur bo‘lganidan so‘ng nega aktyorlik faoliyatidan uzoqlashganini ochiq izohladi. Hozir 45 yoshda bo‘lgan Kalkinning aytishicha, u shon-shuhrat emas, oddiy bolalik va tengdoshlari bilan erkin hayotni tanlagan.

Aktyor Mythical Kitchen podkastida bolalikdagi syomkalar ko‘pchilik o‘ylagandek jamoaviy jarayon bo‘lmaganini ta’kidladi. “

Aksar loyihalarda yakka holda ishlaganman. Syomka paytida o‘zimni doim yolg‘iz his qilardim”, deydi u. Kalkin hatto “Uyda yolg‘iz”ni qayta ko‘rganda o‘zini kimsasiz orolga tushgandek his qilishini hazilomuz tarzda aytgan.

1994 yildagi “Boyvachcha Rich” filmi ortidan u Gollivuddan butunlay ketishga qaror qiladi. O‘sha paytda dunyodagi eng mashhur bola aktyorlardan biri bo‘lsa-da, Kalkin oddiy hayot — do‘stlar, uchrashuvlar va bolalarga xos tajribalarni muhim deb bilganini aytadi. 

“Keyinroq shu narsalarni o‘tkazib yuborganimni angladim”, deya eslaydi u.

Kalkin mashhurlikni “tishim pastasi”ga qiyoslab, uni qaytarib bo‘lmas jarayon deb ta’riflaydi. Shu bilan birga, u hech qachon ataylab taniqli bo‘lishni istamaganini, aktyorlikka kirib kelishi tasodifiy bo‘lganini ham qayd etdi.

Avvalroq u Kevin Makkalister obraziga qaytish taklif qilinsa, yaxshi ssenariy bo‘lsa, rozi bo‘lishini aytgan. Kalkin hatto ehtimoliy davom haqida g‘oyasini ham bo‘lishgan: unda voyaga yetgan Kevin otalik muammolari bilan yuzlashadi, uy esa buzilgan munosabatlar ramziga aylanadi.

Hozirda aktyor asosiy e’tiborini oilasiga qaratgan. U aktrisa Brenda Song bilan ikki nafar o‘g‘lini tarbiyalamoqda va kameralardan yiroq, xotirjam hayot kechirishni afzal ko‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Makoley Kalkin “Uyda yolg‘iz”dan keyin nega kinoni tark etganini ochiq izohladi