Jenisbek Piyazov Ozoda Nursaidovaning konsertiga bostirib kirib bordi, vaziyat jiddiylashmoqda!

Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jenisbek Piyazov va Ozoda Nursaidova ishtirokidagi videolar keng tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ayrimlar holatni hazil sifatida qabul qilayotgan bo‘lsa, boshqalar videoni jiddiy baholamoqda.
Tarqalgan lavhalarda Jenisbek Piyazov Ozoda Nursaidovaning konsertiga chipta olib kirgani va sahna ortida xonanda oldiga “bostirib” borgani aks etgan. Videoda Ozoda Nursaidovaning jahli chiqqani va uni haydab chiqarishga uringandek ko‘ringan holatlar ham muxlislar e’tiborini tortdi.
Shuningdek, Jenisbek Piyazovning “sudga beraman” degan gaplari ham internet foydalanuvchilari orasida turlicha talqin qilinmoqda. Xonanda o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida “Ozoda Nursaidova o‘zidan ketgan” deya izoh qoldirgan.
Hozircha videodagi holat jiddiy mojaro yoki sahnalashtirilgan hazil ekani haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Shunga qaramay, ushbu lavhalar qisqa vaqt ichida internetda keng tarqalib ulgurgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!