Xonanda Nasafiy qiz farzandli bo'lganini e'lon qildi!

O‘zining qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan xonanda Nasafiy hayotidagi quvonchli yangilikni e’lon qildi. San’atkor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joylagan videolarida qizlik bo‘lganini ma’lum qildi.
“Qizlik bo‘ldim, Alhamdulillah”, — deya izoh qoldirgan xonanda.
Ushbu xabar qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda san’atkorni samimiy tabriklayotganlar, chaqaloqqa sog‘lik, baxt va uzoq umr tilayotganlar ko‘paymoqda.
Muxlislar Nasafiyning oilasiga tinchlik, farzandiga esa baxtli kelajak tilab, iliq fikrlar bildirishmoqda. Xonandaning bu quvonchi uning muxlislari uchun ham yoqimli yangilik bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing