12:44 / 19.12.2017
5 478

Rayhon e’lon qilgan tanlov g‘olibi konsertga chipta yutib oladi

Rayhon e’lon qilgan tanlov g‘olibi konsertga chipta yutib oladi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayxon Ganiyeva muxlislariga yangi tanlov e’lon qildi.
Xonandaning 2018 yildagi katta shou konsertining tomoshabiniga aylanishni istaysizmi? Sevimli xonandangiz Rayhon G‘aniyeva va Proartcenter kompaniyasi sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi, deb yozmoqda Darakchi nashri.

Buning uchun siz shunchaki, xonanda ijrosidagi istagan qo‘shig‘ingizni «cover» variantda ijro etib, instagram sahifangizga joylang. Albatta, @rayhonshow2018 instagram sahifasini belgilash yodingizdan chiqmasin! Yaxshi ijro etilgan qo‘shiqlar xonandaning instagramidan joy oladi. Eng ko‘p layk yiqqan video egasiga esa 19, 20, 21, 22, 23 fevral kunlarining biriga taklifnoma sovg‘a qilinadi. Ishtirok eting, faol bo‘ling! Yangi yilning unutilmas shou konsertini, birinchi qatordan tomosha qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon e’lon qilgan tanlov g‘olibi konsertga chipta yutib oladi