O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov xususiy telekanallarda namoyish etilayotgan seriallarni tanqid qildi. Bu haqda “Qalampir.uz”ning ishonchli manbalari xabar yetkazdi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida Vazirlar Mahkamasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonining ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan. Unda Bosh vazir Abdulla Aripov xususiy telekanallarda efirga uzatilayotgan seriallarning mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratish bo‘yicha mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar bergan.
Kecha “Qalampir.uz” internet nashrida aynan xususiy telekanallarga efirga uzatilayotgan seriallar haqida “Demadi demang: “Sevgi iztirobi”dan orttirilgan asoratlar badalini ko‘p yillar to‘laymiz” nomli maqola chop etilgan edi. Unda muallif “Zo‘r TV” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Sevgi iztirobi” (“Kara sevda”) seriali orqali kirib kelayotgan ma’naviy tahdidlar haqida mulohazalarini bayon etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi