19:00 / 27.11.2018
4 637

Ukrainaning "Kazka" guruhi klipi "youtube"da 60 mln marta ko‘rildi

Ukrainaning "Kazka" guruhi klipi "youtube"da 60 mln marta ko‘rildi
Ukrainaning "Kazka" guruhi "Plakala" qo‘shig‘iga olingan klipi "youtube" tarmog‘ida qariyb 60 mln marta ko‘rildi. Ushbu qo‘shiq hozirda MDX davlatlarining xit paradlarida peshqadamlik qilmoqda. Qo‘shiq 12 hafta "youtube"da peshqadamlikni saqlab qolgan holda Ukraina rekordini o‘rnatdi. Shuningdek, bu klip ukrainchada kuylangan qo‘shiqlar orasida eng ko‘p ko‘rilgan video bo‘lib turipti.

Ushbu qo‘shiq qizlardan onalarga bag‘ishlov sifatida taqdim qilingan. Qo‘shiqda og‘ir va mashaqqatli turmush va muammolardan charchagan, yig‘lagan onalar madh etiladi.

Tez ommalashgan klipga erkaklar tomonidan qilinayotgan parodiyalar ham internet tarmog‘ida keng tarqalmoqda. Jumladan, Lugansk yumoristik guruhining parodiyasi tarmoqda 1,5 mln marta ko‘rildi. "Erkak yig‘lamaydi" shiori ostida ro‘y berayotgan norasmiy fleshmob video-parodiyalarda erkaklar qismati satirik tarzda kulgiga olinadi.

Aleksandra Zaritskaya yakkaxonligidagi "Kazka" guruhi o‘tgan yili tuzilgan. Guruhda, shuningdek, Nikita Budash (klavishlar va gitara) va Dmitriy Bazuryaklar (puflama cholg‘u) ham bor. Guruh indi-pop janrida ijod qiladi. "Kazka" ilk bor "Svyata" qo‘shig‘i bilan 2017 yilda tanilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ukrainaning "Kazka" guruhi klipi "youtube"da 60 mln marta ko‘rildi