Foto: “Daryo”
“Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida “Million” jamoasining konsert dasturi boshlandi. “Million” jamoasi aprel oyining dastlabki oʻn kunligida sanʼat saroyida mezbonlik qiladi. Jurnalist Feruz Muhammad konsert dasturining ilk kunida mehmon boʻldi.
Konsert dasturida Davron Qobulov “Million” jamoasining konsert dasturida mehmon sanʼatkor sifatida kimni olib kelish haqida uzoq oʻyladik, 1,5—2 yillik muzokaralardan soʻng afsonaviy “Setora” guruhini toʻliq tarkibda sahnaga chiqishga koʻndirdik», — deya “Setora” guruhini sahnaga taklif etdi.
Foto: “Daryo”
Muxlislar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan kutib olingan “Setora” guruhi oʻzining eng xit taronalarini kuylab dasturga oʻzgacha fayz berdi.
Davron Qobulovning maʼlumotiga qaraganda, “Setora” guruhining aʼzosi Feruza Latipova “Million” jamoasining konserti uchun AQSHdan yetib kelgan.
Foto: “Daryo”
“Setora” guruhi konsert dasturida jami boʻlib ikki bor chiqish qildi. Birinchi chiqishda eng xit qoʻshiqlaridan parchalar kuylangan boʻlsa, ikkinchi chiqish dastur soʻnggida boʻlib, ular xonanda Ravshan Sobirov bilan “Xayr maktabim” qoʻshigʻini kuyladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi