16:46 / 30.05.2019
8 871

«O‘zbekkonsert»: Jahongir Otajonov 3 kun muddat ichida 76,6 mln. so‘m to‘lashi kerak

«O‘zbekkonsert»: Jahongir Otajonov 3 kun muddat ichida 76,6 mln. so‘m to‘lashi kerak
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi Jahongir Otajonovning litsenziya borasidagi murojaatlariga munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekkonsert» DM Jahongir Otajonov nomiga berilgan litsenziya amal qilish muddati 2019 yilning 28 may kuni tugaganligi bois, reytingning 2-guruhi bo‘yicha davlat byudjetiga yillik 19867540 so‘m miqdoridagi davlat boji to‘lovlarini hamda xonandaning ijodiy guruh a’zolariga ya’ni sozandalariga (jami 7 nafar) litsenziyalari uchun har biriga alohida yillik 8109200 so‘mdan jami 76631940 so‘m miqdoridagi to‘lovlarni (ushbu to‘lov summasi sozandalar sonidan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin) 3 kun muddat ichida to‘lashi kerakligini ma’lum qilgan.

«Shundan so‘ng uning faoliyati yana qonuniy ravishda davom etaveradi, aks holda uning konsert dasturlari bekor qilinadi. «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi hamda rahbariyatining xonandaga nisbatan hech qanday e’tirozi yo‘q va bu masala u bilan tarqalgan bahsli munozaralarga ham aloqador emas!», deyiladi tashkilot xabarida.

Shuningdek, «O‘zbekkonsert» xonandalar — Jahongir Otajonov va Abdulla Qurbonovlar o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatni xonanda Abdulla Qurbonovning safardan qaytishi bilan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini bildirgan va Jahongir Otajonovdan muborak Ramazon oyida ijtimoiy tarmoqlarda nojo‘ya xatti-harakatlar bilan san’atkorlar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishga sabab bo‘luvchi masxaromuz videolarni tarqatmasligini so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkonsert»: Jahongir Otajonov 3 kun muddat ichida 76,6 mln. so‘m to‘lashi kerak