00:23 / 31.10.2019
9 592

Barcha sevib tomosha qiladigan "Qo‘ng‘iroq soch Sue" filmidagi mitti Sueni kim ijro etgan?

Barcha sevib tomosha qiladigan "Qo‘ng‘iroq soch Sue" filmidagi mitti Sueni kim ijro etgan?
Ha, bu film haqida so‘z ochganimizda, birinchi bo‘lib albatta, shiringina qizaloq bo‘lmish Sue ko‘z oldimizda gavdalanadi. Uning jingalak sochlariga ko‘pchilik havas qiladi.
Bu rolni mashhur amerikalik aktrisa Alison Porter ijro etgan. U 1981 yil 20 iyun kuni AQSh ning Massachusett shahrida tavallud topgan.

Bolalik chog‘idan o‘zining betakror ovozi hamda filmdagi ijrolari orqali insonlar qalbidan chuqur joy egalladi. "Qo‘ng‘iroq soch Sue" filmi 1991 yili suratga olingan. Aynan bu filmdagi Sue roli uchun Alison Porter tanlab olindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilishicha, u boshqa yosh aktyorlar cingari yoshlik paytida ichkilikka ruju qo‘ygan. O‘zining instagram ijtimoiy tarmog‘ida ancha yillar ilgari shunday deydi: "Salom. Men Ali. Men alkogol ichimligini iste’mol qilaman".
Ammo keyinchalik o‘zi shunday deb yozganini tan olib, " Ha, bu haqiqat. Ammo men 2007 yil 28 oktyabrdan buyon hech qanday alkogol ichimliklarga qo‘limni tekkizmay qo‘ydim", -deb alohida ta’kidlab o‘tdi.

Porter 2012 yil Brayan Autenriethga turmushga chiqadi. Hozirda ikki yoshlik Mason Blez va to‘rt oylik Aria Sagelarning sevimli onasi.

"Men turmush o‘rtog‘im va farzandlarim uchun ichkilik ichishni va marixuana doricini iste’mol qilishni to‘xtatdim. Oilam bu mening hayotdagi mazmunim va ular uchun men har narsaga tayyorman", - deb o‘zining ijtimoiy sahifasida yozgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Barcha sevib tomosha qiladigan "Qo‘ng‘iroq soch Sue" filmidagi mitti Sueni kim ijro etgan?