22:23 / 01.05.2020
9 731

Ijtimoiy tarmoqda Rashid Xaliqov hashamatli hayotini ko‘z-ko‘z qilgani haqidagi xabarga vazirlik munosabat bildirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqda Rashid Xaliqov hashamatli hayotini ko‘z-ko‘z qilgani haqidagi xabarga vazirlik munosabat bildirdi (video)
Sal avval Mo‘’tabar Tojiboyevaning feysbukidagi O'zbekiston Respublikasi. Xalq fikri / Mneniye naroda ijtimoiy tarmog‘i orqali karantin bo‘lishiga qaramasdan oddiy xalqning qurbi yetmaydigan nozu-ne’matlar, xashamatli uy joylarini ijtimoiy tarmoqlarda ko‘z-ko‘z qiluvchi san’atkorlar to‘g‘risida ulashgan e’tirozi ommalashgan edi.

Yuqoridagi videodan kelib chiqib, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan post yuzasidan Madaniyat vazirligi izoh berdi.
Ushbu munosabatda aytilganidek Rashid Xalikovning uyda qolib, oila davrasida bo‘lishi va ular bilan bir qozonda pishirilgan taomni tanovul qilib ko‘rsatishiga Madaniyat vazirligi nazorat o‘rnatmaydi. Shu bilan birga, yashayotgan uy-joyini san’atkor o‘zining iqtidori bilan barpo qilgan.

San’atkorning qo‘shig‘i yoki klipi madaniyat etikasiga to‘g‘ri kelmasagina, vazirlik bu masala yuzasidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rishi mumkin, ammo uning shaxsiy hayotiga Madaniyat vazirligining aralashuvi hech bir qoidaga to‘g‘ri kelmaydi.

Shuningdek, san’atkorning instagram sahifasiga qo‘yilgan havolaning maqsadi karantin vaqtida uyda qolib, vaqtini oila davrasida o‘tkazishini namoyish qilish bo‘lgan. Shu bilan birgalikda ushbu san’atkor pandemiya davrida kam ta’minlangan oilalarga xayriya ishlarini tashkil etib kelmoqda.

"Yillar davomida xalq xizmatida bo‘lib, uning rozi rizoligini olib hamda 30 yil davomida xayriya qilayotganligimni hech qachon oshkora qilmagan edim, men kabi boshqa san’at ahli ham shunday ishlar qilib kelishmoqda. Axir "chap qo‘ling berganini o‘ng qo‘ling bilmasin" degan naql borku, biz xayriya ishlarimizni ko‘z-ko‘z qilishdan qochamiz, barchasi xudo yo‘liga", deb javob berdi Rashid Xaliqov.

"Agar, yuqorida keltirilgan havola orqali kimningdir nafsoniyatiga tekkan bo‘lsak, uzrimizni so‘raymiz. Keling, birgalikda karantin qoidalariga rioya qilib, uning yurtimizdan tezroq ketishida birlashaylik. Bugun O‘zbekiston xalqi Davlat rahbari rahnamoligida birlashganini ko‘ryapmiz, bu degani koronavirus ham bizni yaqin kunlarda tark etadi va biz yana yurtdoshlarimiz bilan tez kunlarda diydor ko‘rishamiz", deydi san’atkor o‘z javobida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ijtimoiy tarmoqda Rashid Xaliqov hashamatli hayotini ko‘z-ko‘z qilgani haqidagi xabarga vazirlik munosabat bildirdi (video)