15:45 / 03.05.2020
12 068

Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik (foto)

Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik (foto)
Turk filmlari nafaqat o‘ziga xos syujeti, balki qahramonlarni jonlantiruvchi aktyor va aktrisalarning tashqi qiyofasi, mahoratli ijrosi bilan ham yodda qoladi. E’tiboringizga seriallardagi eng esda qolarli va bir-biriga mos juftliklarning o‘ntalik ro‘yxati taqdim qilinadi.

10. «To‘lin oy»

Foto: NTV
Mazkur serialdagi Nozli (Ozge Gyurel) va Ferit (Jan Yaman) juftligi bir-biriga mos ekani bilan esda qolgan. Nozli endi oshpazlikni boshlagan, Ferit bo‘lsa biznesmen bo‘ladi. Jan Yaman obraz jonlantirgan bosh qahramon o‘ta talabchan va tartib-qoidalarga amal qiladigan, qiz bo‘lsa buning aksi bo‘ladi. Voqealar rivoji qizning bola uyiga oshpaz bo‘lib ishga kirganidan keyin boshlanadi.

9. «Sevgi va Jazo»

Foto: Getty Images
Yasmin (Nurgul Yashilchoy) reklama agentligi xodimi, Savash (Murat Yildirim) bo‘lsa yirik tashkilot rahbari bo‘ladi. Yigitda qizga nisbatan muhabbat birinchi uchrashuvdayoq paydo bo‘ladi. Yoshlarning munosabatlariga Savashning oilasidagi eski urf-odatlar to‘sqinlik qiladi.

8.«Tong qushi»

Foto: Getty Images
Jan (Jan Yaman) reklama agentligining rahbari, Sanam (Demet O‘zdemir) agentlik xodimi bo‘ladi. Ular ilk bor qorong‘uda uchrashadi, shundan keyin hammasi boshlanadi.

7. «Jasur va go‘zal»

Foto: Getty Images
Jasur (Kivanch Tatlitug) oilasining dushmanidan qasos olish maqsadida u yashaydigan qishloqqa boradi va uning qizi Suxanni(Tuba Buyukustun) sevib qoladi. Serial asosida qasos va muhabbat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar aks etgan.

6. «​Tun qirolichasi»​

Foto: Ju Istanbul
Kartal (Murat Yildirim) va Selin (Maryam Uzerli) ushbu filmda juftlik rolini jonlantirgan. Yigit turk biznesmeni, qiz bo‘lsa Fransiyadagi atir do‘konida sotuvchi sifatida ishlaydi. Kartalning Fransiyaga ish safari davomida ular bir-biri bilan tanishadi va o‘sha zahotiyoq o‘rtalarida muhabbat paydo bo‘la boshlaydi. Ammo Kartal Turkiyaga, rafiqasi yoniga qaytishi kerak bo‘ladi va shu tarzda serial kutilmagan voqealar bilan davom etadi.

5. «Choliqushi»

Foto: We Heart It
Ushbu film Burak O‘zchivit va Faxriya Evjenning shaxsiy hayotida ham karerasida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ushbu filmni suratga olish jarayonida boshlangan munosabatlar keyinchalik juftlikni oila qurishiga sababchi bo‘ladi. Filmda Kamron (Burak) shifokor, uning xolavachchasi Feride (Faxriya) esa maktab o‘quvchisi bo‘ladi. Voqealar rivoji oilaviy muammolar, tushunmovchiliklar hamda mag‘rurlik nimalarga olib kelishi mumkinligiga asoslanadi.

4.«Qulupnay ifori»

Foto: Dizi-Mania
Asli (Demet O‘zdemir) va Burak (Yusuf Chim) juftligi ham eng esda qolarli qahramonlardan hisoblanadi. Taniqli qandolatchi bo‘lishni istaydigan qiz va badavlat yigit kulgili vaziyatlardan birida tanishadi.

3.«Beqaror»

Foto: Turan Haber
Ko‘pchilikka tanish mazkur filmda, Akin Akinozu qiziqqon Miran obrazini, Ebru Shahin bo‘lsa sodda qishloq qizi Reyyan obrazini gavdalantirgan. Ota-onasi uchun qasos olishda Reyyandan foydalangan Miran, o‘zi bilmagan holda qizga oshiq bo‘ladi va sevgi​, qasos olovini so‘nishga majbur qiladi.

2.«Sevgi iztirobi»

Foto: Hurriyet
Ushbu film ham o‘zbek tomoshabinlari uchun yaxshi tanish. Undagi Nihon (Neslixon Atagul) va Kamol (Burak O‘zchivit) juftligi muxlislar qalbidan joy olganiga shubha yo‘q. Avtobusda ilk bor uchrashgan, keyinchalik o‘rtasida sevgi paydo bo‘lgan qahramonlar bir qancha qiyinchiliklarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.

1.«Elchining qizi»

Foto: Dizilah
Efir yuzini ko‘​rganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, ushbu serial qahramonlari muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi. Sanjar (Engin Akyurek) va Nare (Neslixon Atagul) yoshligidan biri-biriga ko‘ngil qo‘yadi. Juftlik hayoti kunlardan bir kun ostun-ustun bo‘lib ketadi. Oradan ancha yillar, turli hodisalar o‘tishiga qaramay sevgi alangasi aslo so‘nmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Turk seriallaridagi eng chiroyli 10 ta juftlik (foto)