
San’atkorlar karantin vaqtida muxlislarini zeriktirmaslikka harakat qilmoqda. 7 iyun kuni ham ular o‘zlarining Instagram’dagi sahifalariga turli xil qiziq fotopostlarni joylashdi.
Nilufar Usmonova onasi bilan tushgan selfisi izohiga onalar haqidagi ta’sirli she’rni yozdi.
Sevara Nazarxon Buxoro va uning aholisiga muhabbatini izhor qildi.
Lola turmush o‘rtog‘i bilan mashinada ketayotgani aks etgan suratni sahifasiga joyladi hamda tug‘ilajak chaqaloqqa onlayn do‘konlardan buyumlar sotib olayotgani haqida yozdi. Shuningdek, xonanda Stories’ga muxlislarini turmush o‘rtog‘i haqida muxlislarini qiziqtirgan savollariga javob berdi. Xususan, Lola ko‘ngil qo‘ygan inson undan olti yosh katta hamda u tojik millatiga mansubligini so‘zlab berdi.
Rayhon Umar Hayyom qalamiga mansub ruboiyni yangi suratiga izoh tariqasida joyladi.
Istanbul o‘rmonidagi o‘zbek aktyorlari.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar